Saudiya Arabistoni 25 tonna xurmo hadya qildi

Date:

Xurmoning foydalari haqida juda yaxshi bilamiz. Ayni shu sababdan ham tez-tez xurmo iste’mol qilib turamiz. Ayniqsa, ro‘za tutgan paytda bir dona bo‘lsa-da xurmo tanovulini kanda qilmaymiz. Shu jihatdan ham Saudiya Arabistonining Podshoh Salmon nomidagi insonparvarlik yordami markazi O‘zbekistonga beg‘araz ko‘mak sifatida 25 tonna xurmo tuhfa qildi.
Muborak Qurbon hayiti arafasida yo‘llangan hadya yurtimizdagi barcha ijtimoiy ko‘makka muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, yetim, nogironligi bor kishilar hamda «Muruvvat» uylari va shifoxonalardagi haqdor yurtdoshlarimizga tarqatiladi.
Darvoqe, Saudiya Arabistoni tomonidan dunyo davlatlariga xurmo hadya qilish an’anaga aylangan. O‘tgan yili ham podshohlik mamlakatimizga beg‘araz ko‘mak sifatida katta miqdorda xurmo yetkazib bergan edi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun