Obodonlashtirish xodimlari rag‘batlantirildi

Date:

Muborak ayyom arafasida qalbida ezgulik qilishni tukkan insonlar borki, atrofdagilarga, nochor-u yo‘qsillarga yaxshilik qilishga, sovg‘a-salom, oziq-ovqat yoki boshqa narsalar bilan shod etishga kirishgan. Hayit bayrami oldi Bandixon tuman hokimi Abdumalik Allamuradov va sektor rahbarlari tashabbusi bilan g‘alla rejasini ortig‘i bilan bajargan sahovatpesha fermer xo‘jaliklari yetishtirgan g‘alla hosilidan tuman Obodonlashtirish bo‘limining 97 nafar xodimiga bug‘doy topshirish tadbiri amalga oshirildi.
Albatta, bunday ehtirom va kutilmagan tuhfadan obodonlashtirish xodimlarining quvonchi cheksiz. O‘z ishlariga bundan keyin ham vijdonan yondashib, vohamizni, ko‘chalarni obod go‘shaga, gul-u bo‘stonga aylantirishga va’da berishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun