“Milliy qadriyatlar” tarannum etdi

Date:

Hunar — hunardan unar deb bejiz aytishmaydi. Inson biror bir hunarning boshini tutsa, ham vaqti mazmunli o‘tadi, san’atga, yaratuvchanlikka oshno bo‘ladi. Qolaversa, yasagan va yaratgan buyumlari atrofdagilar koriga yaraydi, estetik, madaniy xordiq beradi, daromad ham keltiradi.
Ayni hunarmandlarning mehnati-yu ijodini qo‘llab-quvvatlash, ularni kashf etish maqsadida hunarmandchilik va qo‘l mehnati yo‘nalishi bo‘yicha “Milliy qadriyatlar” shiori ostida respublika ko‘rik-tanlovi davom etmoqda. Ushbu ko‘rik-tanlovning tuman bosqichi Oltinsoy tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi “Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” yo‘nalishidagi “Yog‘och o‘ymakorlik” to‘garak a’zolari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
Unda ishtirokchilar faol qatnashdi. Ular orasida yosh hunarmand Elshodbek Jo‘raboyevning ijodiy ishi hakamlar-u tomoshabinlarning e’tiborini tortdi va 1-o‘ringa munosib ko‘rildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun