Huquqiy muammolar o‘rganilmoqda

Date:

Insonni qiynayotgan muammolari ko‘p bo‘ladi. Ko‘ngilga qo‘l solsangiz, kimdir yangi uy xarid qilishni, buning uchun davlat tomonidan subsidiya olishni istaydi. Kimdir esa ijtimoiy ahvoli og‘irligi sabab bola puli olishga ehtiyoji bor. Xullas, so‘rasangiz, yechim topish, huquqiy yo‘nalish berish lozim bo‘lgan sabablar, muammolar chiqaveradi. Shunchaki hamma ham buning uchun qayerga murojaat qilish kerakligini, qaysi idora va tashkilot eshigini qoqish kerakligini bilmaydi. Termiz shahar adliya bo‘limi xodimlari ana shunday muammolarga munosib yechim toppish maqsadida Termiz shahridagi “Bog‘zor” va “Baynalminal” mahallalarida uyma-uy yurish orqali aholi muammolarini o‘rgandilar.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni dasturil amal bo‘lib xizmat qildi. Shuningdek, mahallada aholi muammolari o‘rganish jarayonida kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, uy-joy uchun subsidiya ajratish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga imtiyozlar, bolalar nafaqasi kabi muammolar aniqlandi. O‘rganish davomida murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ayrim masalalar ko‘rib chiqish uchun ish yurituviga olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Instagramda yangi cheklov

Instagram 18 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar uchun “13+” maxsus cheklov...

Yer oila aʼzolari nomiga oʻtkaziladi

O‘zbekiston qonunchiligi yangi qadam tashlab, fermerlarga ijara asosidagi qishloq...

Kredit oqibati ogohlantiriladi

So‘nggi yillarda mamlakatda mikroqarz va iste’mol kreditlari bozori faollashmoqda....

Savodi sinovdan oʻtdi

Diktant yozish nafaqat yozuv madaniyatini rivojlantiradi, balki ona tiliga...
KunTun
KunTun