Oromgohlar xizmatga shay

Date:

Yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlari bugungi kunda bolalarni qabul qilishga shay holatda. Sport o‘yinlari-yu mashg‘ulotlari deysizmi, madaniy xordiq chiqarish, cho‘milish xavzalarimi, barchasi puxta ishlab chiqilgan dastur asosida kun tartibiga kiritilgan. Ha aytgancha, ovqatlanish menyusi ham sog‘lom turmush tarziga amal qilgan holda tuzilgan.
Ana shunday qizg‘in muhit, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi sektor rahbarlari hamda mutasaddilar Sherobod tumanidagi “Beshbuloq” va “Neftchi” bolalar oromgohlarida bo‘ldilar. U yerlardagi yozgi dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik holati o‘rganildi.
Viloyat rahbari tuman mutasaddilari va mas’ullarga yoz davomida bolalarni oromgohga qabul qilish ishlarini tizimli va sifatli tashkil etish, har bir navbatda bolalarning maroqli dam olishi uchun barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifalarini topshirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun