Takroriy ekin uchun…

Date:

Inson o‘zidagi imkondan unumli foydalanar ekan, muammolarni bartaraf etish haqida bosh qotirmay, bunyodkorlik o‘ylari bilan band bo‘ladi. Ayni g‘alla o‘rimi ketayotgan bir paytda, g‘alladan bo‘shagan gektarlab yer maydonlari bo‘sh yotadi. Bu ham bir imkon aslida. Bu yer maydonlarini takroriy ekinga tayyorlab, kelgusi ekin mavsumiga qadar foydalanish mumkin. Shu maqsadda har yilgi an’anaga muvofiq g‘alladan bo‘shagan yer maydonlaridan takroriy ekinlar ekib foydalanish uchun ishsiz 40 nafarga yoshga 30 sotixdan yer bo‘lib berildi.
Yerlik bo‘lgan yoshlarning quvonchi cheksiz. O‘z oldilariga katta maqsadlarni qo‘yib, ishga kirishishgan. Kimdir sabzi, kartoshka kabi poliz, kimlardir esa donli mahsulotlar ekib, mo‘may daromad olishni ko‘zlagan. Albatta, yoshlar aslo yolg‘iz emas, ularning yaqinlari, oila a’zolari ham yaqin ko‘makchi bo‘lib, yordam berayotganini ko‘rib, kuzatib turib, kelgusi hosil mo‘l bo‘lishi haqidagi umid ishonchga aylangandek bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Instagramda yangi cheklov

Instagram 18 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar uchun “13+” maxsus cheklov...

Yer oila aʼzolari nomiga oʻtkaziladi

O‘zbekiston qonunchiligi yangi qadam tashlab, fermerlarga ijara asosidagi qishloq...

Kredit oqibati ogohlantiriladi

So‘nggi yillarda mamlakatda mikroqarz va iste’mol kreditlari bozori faollashmoqda....

Savodi sinovdan oʻtdi

Diktant yozish nafaqat yozuv madaniyatini rivojlantiradi, balki ona tiliga...
KunTun
KunTun