Xodimlar uchun planshetlar topshirildi

Date:

Bugun “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hududlardagi har bir xonadonga kirib borib, yordamga, e’tibor va g‘amxo‘rlikka muxtoj aholi qatlamlarga madad qo‘lini cho‘zayotir. Bu albatta, xalqimiz orasida ijtimoiy muhitni barqarorlashtirish hamda aholi muammolarini bartaraf qilishda o‘z samarasini beryapti.
Muzrabot tumani hokimi Abdurashid Ismailov tomonidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining mahallalarda kompleks xizmat ko‘rsatuvchi 19 nafar ijtimoiy xodimlarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida zamonaviy planshetlar tarqatildi. Tuman hokimi mas’uliyatli kasb egalariga o‘z vazifalariga sidqidildan yondashib, hamjihatlikda aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalarini yana bir bor eslatib o‘tdi:
– Asosiy maqsad aholiga manzilli yordam ko‘rsatish imkoniyatini kengaytirishdan iborat.
Albatta, mahallalarda faoliyat boshlagan har bir xodim uchun berligan zamonaviy planshetlar ish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak kodlarda…

Termiz shahrida sun’iy intellekt texnologiyalariga bag‘ishlangan nufuzli umummilliy AI...

Kuchlar birlashtiriladi

Yoshlar siyosatiga berilayotgan yuksak e’tibor amalda yana bir bor...

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...
KunTun
KunTun