Mas’uliyatsizlarga chora ko‘rildi

Date:

Dunyoni yashillikka burkash, tabiatni, ekologiyani sof holda arsash maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida respublikamiz bo‘ylab mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish an’anaga aylandi. Ming, millionlab tup daraxtlar ekildi. Albatta, ekin-tikin ishlarida hududdagi tuproq unumdorligi, suv chidalilik darajasi kabi jihatlar inobatga olindi.
Xo‘sh, ekilgan daraxtlar ekishga ekildi, uning unib, tutib ketishi bo‘yicha ham ishlar tizimli tashkil etilganmi? Bu borada ham avval bong urganimizdek, har bir ekilgan ko‘chatning egasi borligi, mas’ullar mas’uliyatni his etgan holda ko‘chatlarning qarovini joyiga qo‘yishi kerak edi. Ammo, barcha mas’ullar ham mas’uliyatni his etmayapti. Bu esa ko‘chatlarning qurib, qovjirab, qilingan mehnatni chipakka chiqarayotir.
Uzun tuman Yo‘llardan foydalanish korxonasi tomonidan 2024-yilning bahorgi ko‘chat ekish mavumida ekilgan 17 tup manzarali daraxt ko‘chatlarini qarovsizlik sabab quritib qo‘yganligi sababli, tashkilotning bosh muhandisi(Yashil makon loyihasi doirasida ekilgan ko‘chatlarning parvarishiga ma’suli) S. N ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasining 3-qismiga asosan BHMning 10 barobari – 3 million 400 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.
Umid qilamizki, bunday choralar qolganlarni ham sergaklantiradi va mas’uliyatini oshiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...

Mehnat o‘z so‘zin aytdi

Sport maydonlarida erishilayotgan yutuqlar nafaqat individual muvaffaqiyat, balki yurt...

Bolalar uchun yangi imkoniyatlar

Mamlakatimizda “inson qadri – eng oliy qadriyat” tamoyili asosida...

100 gektarda yashil maydon

Yurtimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash va yashil hududlarni kengaytirish davlat...
KunTun
KunTun