“Eko-ta’lim oromgoh” loyihasi Surxondaryoda…

Date:

Yoshlar ishlari agentligi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda respublikamiz bo‘ylab umumta’lim maktab o‘quvchilari ishtirokida “Eko-ta’lim oromgoh” loyihasi bo‘lib o‘tmoqda…


Navbatdagi manzil Surxondaryo yoshlari bo‘ldi. Bugun Termiz shahridagi yoshlar markazida iqlim o‘zgarishi muammolari haqida bolalarning xabardorligini oshirish va “yashil” ta’lim dasturini targ‘ib qilish maqsadida uzluksiz tarzda pedagog va o‘quvchilar uchun milliy hamda xalqaro ekspertlar, Termiz shahridagi qator umumta’lim maktablarining o‘quvchilari ishtirokida bir kunlik ta’lim oromgohi tashkil etildi.
Ochilish marosimida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev va boshqa mas’ullar ishtirok etdi. Tadbirda “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi taqdimot qilindi. Ekologiya bilan bog‘liq global muammolar va ularning yechimlari, tabiatni asrash borasida o‘quvchilar bilan o‘zaro fikr almashildi.


Aytish kerakki, loyihaning asosiy maqsadi, yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirish, atrof-muhitga, tabiat in’omlariga mehrli munosabatda bo‘lish, tozalik va ozodalikka qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirishdan iboratdir. Ayni mavzuga doir savol-javoblar, jamoaviy o‘yinlar bilan tadbir yanada qizg‘in tus oldi. Yakunda faol ishtirokchilar tadbir tashkilotchilari tomonidan rag‘batlantirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Mening maktabim” loyihasi boshlanmoqda

Joriy yilning 22-oktyabridan boshlab 2025/2026-oʻquv yili doirasida “Mening maktabim”...

Saraton qarshi “super vaksina”

Vaksina yuborilgan sichqonlarning 88 foizida shish paydo bo‘lmagani aniqlandi....

Ilk kunda ikkita oltin medal

Bahraynda bo‘lib o‘tayotgan III Osiyo yoshlar oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi...

Azim Samarqandga ma’naviy sayohat

Bandixon tumanining “Navbahor” mahallasida joylashgan fermer xo‘jaliklari, mahalla yettiligi...
KunTun
KunTun