Yoshlarning qiziqishini oshirdi

Date:

Ishlayman, bir kasbning boshini tutaman degan yoshga munosib shart-sharoit yaratish shart va zarur. Bu borada hududlarda tashkil qilingan kasb-hunar o‘rgatuvchi maktablar faoliyati muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu maktablarda o‘tkazilayotgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari esa bitiruvchi o‘quvchilarning kasb-hunar o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirib, kelajak yo‘nalishini tanlashida ham imkoniyatlar eshigini ochayotir.
Boysun tumanidagi 2-son kasb-hunar maktabida “Ochiq eshiklar” festivali bo‘lib o‘tdi. Unda tumandagi 59 ta umumta’lim maktabi hamda 1 ta ixtisoslashtirilgan maktabidagi jami 2262 nafar 9-sinf bitiruvchi yosh ishtirok etdi. Festival doirasida kasb-hunar maktabida mavjud 4 ta yo‘nalish haqida batafsil ma’lumot berildi. Jumladan, Raqamli axborotlarni qayta ishlash, tikuvchilik, avtomobil dvigatellarini tashxislash va ta’mirlash, avtomobil shassisiga texnik xizmat ko‘rsatish yo‘nalishi bo‘yicha o‘quvchilarning amaliy mashg‘ulotlari ham namoyish etildi.
Kasb-hunar maktabi tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmalar, amaliy darslar, badiiy chiqishlar, sport va zakovat o‘yinlari ishtirokchilarda katta taassurotlar qoldirdi va taklif etilgan kurslarga nisbatan qiziqishlarini oshirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...

Mehnat o‘z so‘zin aytdi

Sport maydonlarida erishilayotgan yutuqlar nafaqat individual muvaffaqiyat, balki yurt...

Bolalar uchun yangi imkoniyatlar

Mamlakatimizda “inson qadri – eng oliy qadriyat” tamoyili asosida...

100 gektarda yashil maydon

Yurtimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash va yashil hududlarni kengaytirish davlat...
KunTun
KunTun