Senator, deputat va yoshlar uchrashuvi

Date:

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Senator, deputat va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi. Unda, Oliy Majlis Senati a’zosi, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, universitet rahbariyati va talabalar ishtirok etdi.


Uchrashuvda yoshlarning siyosatdagi o‘rni hamda bugungi siyosiy jarayonlar xususida so‘z bordi. Yoshlar ilm olish jarayonida siyosiy savodxonligi va bilimlarini oshirib borishlari lozimligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, oliygohda yosh siyosatchilar guruhini shakllantirish uchun “Liderlar” klubini tashkil etish taklifi bildirildi.
Savol-javoblarga boy o‘tgan tadbirda faol ishtirok etgan talabalarga partiyaning esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir yakunida, Termiz iqtisodiyot va servis universiteti va “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehnat o‘z so‘zin aytdi

Sport maydonlarida erishilayotgan yutuqlar nafaqat individual muvaffaqiyat, balki yurt...

Bolalar uchun yangi imkoniyatlar

Mamlakatimizda “inson qadri – eng oliy qadriyat” tamoyili asosida...

100 gektarda yashil maydon

Yurtimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash va yashil hududlarni kengaytirish davlat...

Kichik loyiha — katta natija

Hududlarda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish nafaqat iqtisodiy o‘sishga,...
KunTun
KunTun