G‘oliblik uchun bellashishdi

Date:

Tosh ko‘tarish ham mahorat. Shunchaki ma’lum og‘irlikdagi toshlarni ko‘tarib, g‘alaba erishib bo‘lmaydi. Bu jarayonda sportchidan ziyraklik, o‘z ishiga mohirona va san’at darajasida yondashish talab etiladi. Og‘irlik yukini bir maromda va ustomonlik bilan ko‘tarish kerakki, bunda sportchining mahorati yaqqol seziladi.
Termiz shahridagi “Surxon” sport majmuasida 2009-yilda tug‘ilgan va undan kichik yoshdagi o‘smirlar va qizlar o‘rtasida og‘ir atletika sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada sportchi yoshlarning bu boradagi mahoratlari sinovdan o‘tkazildi.
Qizg‘in kurashlarga boy bo‘lgan musobaqada 150 nafardan ortiq yosh og‘ir atletikachilar g‘oliblik uchun bellashdi. Yakunda g‘oliblar medal, diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun