Mushoira bahsida…

Date:

Mushoira qizg‘in va insonga estetik, ma’naviy zavq beradigan jarayon. Buni adabiyotni sevuvchi, she’riyatga oshno insonlar yaxshi biladi, yaxshi his etadi. Ko‘proq she’rlarni yod bilishning o‘zi kifoya qilinadigan mushoirada bir kishi she’r aytishni boshlasa, u yog‘i davom etib ketaveradi. Avji kelmaganlar esa birma-bir mushoirani tark etadi.
O‘quvchi-yoshlarning kitob mutolaasi, badiiy adabiyotga bo‘lgan muhabbatini oshirish maqsadida taʼlim muassasalarida turli adabiy tadbirlar mushoira va sheʼrxonlik kechalari o‘tkazilib kelinmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Termiz tumanidagi 3-29-sonli umumtaʼlim maktablarida o‘tkazildi.
“Adabiyotga eʼtibor-maʼnaviyatga, kelajakka eʼtibor” shiori ostida o‘tkazilgan mushoira kechasida o‘quvchilar sheʼr, g‘azal, ruboiylarni yoddan aytib berish bo‘yicha o‘zaro bahs olib borishdi. Tadbir davomida eng ko‘p sheʼr yodlagan o‘quvchilar tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun