Bosh vazir o‘rinbosari Angor tumanida

Date:

Rahbarlar hududlar bo‘ylab kezarkan, o‘z yo‘nalishi, sohasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni, islohotlar samarasini ko‘rishga urinadi. Bu esa o‘z navbatida har bir xodimni, soha vakilini sergaklantirishi, mas’uliyat hissini unutmasligini talab etadi. Ayni maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Zulayho Mahkamova Angor tumanida bo‘ldi.
Viloyat hokimi o‘rinbosari Zulxumor Xidirova hamda mas’ullar hamrohligida vazir o‘rinbosari pilla boqishda 80 yillik tajribaga ega kayranlik Mengal momo Xolliyeva xonadonida bo‘lib, ipak qurti boqish ishlari bilan tanishdi. Bir necha yillardan buyon ipak qurti urug‘ini parvarishlab yuqori hosil olib kelayotgan onaxonga sovg‘alar taqdim etildi.
Shundan so‘ng, Bosh Vazir o‘rinbosari “mahalla yettiligi” bilan ham uchrashib, ular bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish masalalari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi va o‘zining taklif va tavsiyalarini berib o‘tdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun