Sharaf lentalari tarqatildi

Date:

Millionlab ajdodlarimiz jasorati sabab erishilgan ozodlik bugun bizga obod yurt, go‘zal hayot va farovon kunlarni taqdim etgan. Vatandoshlarimiz qalbida esa bugungi tinch va osoyishta kunlarga shukronalik hissi yashaydi. Ko‘ksiga davlat bayrog‘ining bir parchasi qadalgan surxondaryoliklar qalbida g‘urur, vatanga muhabbat va osoyishta hayotga shukronalik tuyg‘ulari aks etdi.


Mamlakatimiz bo‘ylab 9-may – “Xotira va qadrlash kuni” oʼzgacha ruhda otkazlishi, zamirida ajdodlar xotirasini yod etish, ezgu ishlarni davom ettirish, yurtimiz tinchligi va ravnaqi yoʼlida xizmat qilgan keksalarga alohida hurmat-eʼtibor ko‘rsatish kabi ezgu maqsadlar mujassam.


Surxondaryo viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyati bo‘limi hamkorligida 9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Termiz shahridagi “Vatanparvarlar” bog‘ida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida yig‘ilgan talaba-yoshlarga milliy bayrog‘imiz ranglari aks etgan sharaf lentalari tarqatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Pillachilik – daromad va bandlik manbayi

Muzrabot tumanida 2026-yil pilla hosili uchun ipak qurti tarqatish...

Xizmat — oflayn, o‘qish — onlayn

2026–2027 o‘quv yilidan boshlab muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlar...

Munosib voris aniq

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika maqola va insholar tanlovi mamlakatimiz...

Yoshlar tashabbusi amalda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-apreldagi PQ-153-sonli qarori asosida Uyas...
KunTun
KunTun