Prokuror tashabbusi bilan…

Date:

Kitob o‘qish uchun kutubxonaga a’zo bo‘lish yoki uni xarid qilishning o‘zi kifoya. Ba’zi yoshlar uchun hududdagi kutubxona uzoqlik qilsa, xarid qilishga har doim ham imkon topa olmasligi mumkin. Ammo, vaqtni behuda o‘tkazmaslik ham kerak-ku! Ayni jihatlarni inobatga olib, yoshlar taqdiriga befarq bo‘lmagan Termiz shahar prokurori, 2-sektor rahbari H.Mamatqulov ezgu tashabbusga qo‘l urdi.
2-sektor shtabi hovlisida mo‘jaz kutubxona tashkil qildi. Ushbu kutubxonadan nafaqat yoshlar, balki kattalar ham bemalol foydalanishlari, bo‘sh vaqtlarini mazmunli va foydali o‘tkazishlari mumkin. Aytish kerakki, ushbu kutubxonda o‘zbek va xorij adabiyotining nodir durdonalari bo‘lmish badiiy asarlar, siyosiy hamda ijtimoiy sohadagi 200 dan ortiq kitoblar joy olgan.
Kutubxona foydalanishga topshirilishi bilan qiziquvchan yoshlar u yerdagi kitoblarni varaqlab, o‘zlari uchun qiziq bo‘lgan asarlarni topib, o‘qishga tushib ketdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Murojaatlar toifaga bo‘linadi

2026-yil 1-aprelda Prezident Shavkat Mirziyoyev “Aholi bilan muloqot tizimini...

Nazorat kuchaytiriladi

Prezident farmoniga ko‘ra, muammoli kreditlarni undirish ishlari endi ixtisoslashtirilgan...

Raqam nomingizda bo‘lishi shart

Yangi tartibga ko‘ra, 22-apreldan boshlab mobil ilovalar va bank...

Harbiy qismga sayohat

Muzrabot tumani IIB boshlig‘i tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash...
KunTun
KunTun