Navbatdagi g‘alaba

Date:

Sport insonni jismonan chiniqtiradi. Shaxmat esa aqlan yetuklikka yetaklaydi. Shaxmat donalarini yetti o‘lchab bir kesish aqidasiga amal qilgan holda surish, mutlaq muvaffaqiyat sari yetaklaydi. Buni shaxmatchi yoshlarning so‘nggi vaqtlarda erishayotgan yutuqlari, muvaffaqiyatli misolida ko‘rish, sezish mumkin. Ayniqsa, shaxmatchi yoshlar tarkibida surxondaryolik Umida Omonovaning o‘z o‘rni bor. Umida erishayotgan yutuqlar nafaqat uning va yaqinlarining, balki surxon elining-da yutug‘idir.
Umida Omonova navbatdagi chempionatda ishtirok etdi. U qatnashayotgan Toshkent shahridagi “Holiday Inn” mehmonxonasida o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha oliy ligada dona surayotgan erkaklar va ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati bahslari yakunlandi.
Sovrin jamg‘armasi 75 ming AQSh dollari bo‘lgan chempionatning qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalarida surxondaryolik Umida Omonova 17 imkoniyatdan 14 ochko to‘plab, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan o‘rin egalladi va 7,5 ming AQSh dollari mukofoti sohibiga aylandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun