Mehmonlar munosib kutib olinmoqda

Date:

Boysun kengliklarida bahor nafasi ufurayotgan, gul-u lolalar yuz ochib, yashillikka burkangan bir paytda dunyo ahli bu go‘zallikni ko‘rish uchun yo‘lga otlangan. Manzil esa tobora yaqin…
Nihoyat, “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining bugun ilk kuni. Nufuzli festival boshlanishi oldi erta tongdan mehmonlarni tantanali kutib olish jarayoni allaqachon boshlanib ketgan. Mezbonlar Termiz xalqaro aeroportida tavoze’lik, rasm-rusumlarimizni joyiga qo‘yib, yorug‘ yuz ila mehmonnavozlik ko‘rsatishayotir.
O‘ziga xos tabiat manzaralari, issiq quyosh tafti bilan yuzlashgan mehmonlarning yuz-ko‘zida mamnuniyat ifodasi mujassam. Festivaldan katta taassurotlar olish, o‘zbeklarning milliy urf-odatlari, milliy taomlari, hunarmandchilik ko‘rgazmalari tomoshasidan bahramand bo‘lish ishtiyoqida yonishayotir.
Tantanali kutib olishdan so‘ng, Termiz davlat universitetida “Surxon vohasining insoniyat sivilizatsiyasidagi o‘rni: moddiy va nomoddiy madaniyat asoslari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya boshlanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Shaffoflik kuchaymoqda

O‘zbekistonda aholini favqulodda vaziyatlardan tezkor xabardor qilish tizimi kengaytirilib,...

Yangi maqom va mukofotlar

O‘zbekistonda ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol qatnashayotgan fuqarolar va tadbirkorlarni rag‘batlantirish...

“Voice up” start oldi

“Voice up” (Fikringni ber) yoshlar oromgohi Surxondaryoda start oldi....

Ekinlar malikasi

Qadimgi Xitoy qo‘lyozmalarida oshqovoq — ekinlar malikasi deb ta’riflangan....
KunTun
KunTun