Iqtidorlar aniqlandi

Date:

Termiz shahridagi Yoshlar markazida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi “Yoshlar ovozi” tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda tanlovning tuman, shahar bosqichlarida saralangan yoshlar qatnashib, anʼanaviy ijro, baxshichilik, estrada va opera yoʻnalishlarida oʻz isteʼdodlarini yana bir bor namoyon etdilar.
Eslatib o‘tish joizki, tanlovning mahalla bosqichlarida 21 ming 200 nafar ishtirokchi qatnashgan boʻlib, ularning 158 nafari viloyat bosqichiga qadar yetib keldi. Ular orasidan 12 nafar iqtidor egalarigina tanlovning

respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritadilar. Tanlov davomida iqtidorlar saralandi. Baxshichilik yo‘nalishida Doniyor Toshmurodov baxshichilikda birinchi bo‘lgan bo‘lsa, an’anaviy ijroda Javohir Hakimovga teng keladigani topilmadi. Operada Sadoqat Abdurahimovaning ijro mahoratiga barcha tasanno o‘qidi. Surojiddin Bobomurodov esa estrada yo‘nalishida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Yosh toifalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, munosib taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi ko‘prik — katta qulaylik

Qumqo‘rg‘on tumanining “Achamoyli” mahallasi aholisi uchun quvonchli kun bo‘ldi....

Yosh mahkumlar uchun yangi yo‘l

O‘zbekistonda jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan 18–30 yoshdagi...

Tabiatning jonli merosi

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida joylashgan “Yuqori To‘palang” milliy tabiat...

 “Men kuchli ayolman”

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining joriy yil 30-yanvardagi 06/1-525-sonli topshirig‘iga...
KunTun
KunTun