33 nafar ayol g‘olib

Date:

Ayol jamiyatda erkaklar bilan teng huquqqa ega. Shunga qaramay, u hayotda o‘z o‘rnini topishda qiyinchilikka uchrashi ham bor gap. To‘g‘ri, bu hukm barcha ayollarga tegishli emas, ammo qo‘limda hunarim yo‘q, hasb-u korim yo‘q deya, uyda qolib ketayotganlar ham, o‘zining iste’dodi va iqtidorini namoyon etishga iymanadiganlar ham, tazyiqqa va zo‘ravonlikka uchrayotganlar ham afsuski topiladi. Ana shunday jihatlarni inobatga olgan holda AKTEDning Fransiya taraqqiyot agentligi O‘zbekistondagi filiali hamkorligida Angor, Sherobod, Muzrabot tumanlarida maqsadli 30 ta mahallada bajarilayotgan “Markaziy Osiyo/O‘zbekistonda zo‘ravonlik xavfi ostida bo‘lgan va zo‘ravonlikka uchragan ayollarni qo‘llab-quvvatlashda fuqarolik jamiyati salohiyatini kuchaytirish” loyihasi doirasida reintegratsiya dasturida o‘qitilgan ayollar o‘rtasida “Biznes rejalar” grant tanlovi o‘tkazildi.
Ushbu tanlovda 33 nafar ayol g‘oliblikni qo‘lga kiritib, ichidagi qo‘rquv va ikkilanishni yengib o‘ta olishdi. Endi ular jamiyatda o‘z o‘rinlarini topib, ayollar nimalarga qodir ekanini ko‘rsatib, atrofdagilarni ham o‘zlariga ergashtira olishadi. Ayollarni tadbirkorlikka jalb qilish, bandligini ta’minlashga ko‘maklashishga chorvachilik, parrandachilik, tikuvchilik, qandalotchilik, ayollar sartaroshligi, kompyuter xizmati ko‘rsatish yo‘nalishlarda grant mablag‘idan asbob-uskunalar, jihozlar, chorva mollari, parrandalar ayollarga yetkazib berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muhim masalalar muhokamada

Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i...

Yangi takliflar ilgari surildi

Surxondaryo viloyati hokimi topshirig‘iga muvofiq, Termiz davlat universiteti huzuridagi...

“Nonni bosgan qizaloq”

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi tomonidan Hans Christian...

Ishonchli g‘alaba!

Buxoro mezbonligida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Voleybol...
KunTun
KunTun