Sirojiddin Sayyid DTPIda

Date:

Poytaxtdan O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid tashrif buyurdi. Bu xabar qulog‘iga chalingan ijod ahli borki, Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida jam bo‘ldi. O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri, Oliy majlis senatori, “Do‘stlik” va “Mehnat shuhrati” ordenlari sohibi Sirojiddin Sayyid “Adabiyot haftaligi” doirasida “Ma’rifat ulashib” shiori ostida adabiy-badiiy kechada vohadoshlari bilan diydorlashdi.


Albatta, har qanday ijodkor, shoir borki, tug‘ilib o‘sgan makonga kelishi uni yoshlikka qaytarganday, shirin xotiralarni uyg‘otganday bo‘ladi. Qandaydir ilhom jo‘shib, yuragidan so‘z, misralar otilib chiqqanday bo‘ladi. Suhbatlarda, davralarda so‘zlanadigan nutq ham ayni shu sabab poeziyaga burkanadi. Jo‘shqin va otashga to‘lgan qalb ila muxlislar qalbiga yetib boradi. Bunday suhbatlarni unutib, yoddan chiqarib bo‘ladimi. Bunday suhbatlar kimgadir biro lam zavq, kimgadir ilhom bag‘ishlasa, kimlargadir ijod olamiga oq yo‘l tilanganday bo‘ladi. Bu safar ham shunday bo‘ldi.
Shoir talabalar bilan samimiy suhbat chog‘ida bolalik yillari, adabiy muhit, mashhur shoirlar ijodidagi muhim mavzular, she’rlarning yaralish tarixi haqida so‘zlab berdi. Shoir qutlug‘ dargohga quruq kelmadi, talabalarning ma’naviy olamini boyitish maqsadida institut kutubxonasi uchun 200 ta kitob sovg‘a qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Instagramda yangi cheklov

Instagram 18 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar uchun “13+” maxsus cheklov...

Yer oila aʼzolari nomiga oʻtkaziladi

O‘zbekiston qonunchiligi yangi qadam tashlab, fermerlarga ijara asosidagi qishloq...

Kredit oqibati ogohlantiriladi

So‘nggi yillarda mamlakatda mikroqarz va iste’mol kreditlari bozori faollashmoqda....

Savodi sinovdan oʻtdi

Diktant yozish nafaqat yozuv madaniyatini rivojlantiradi, balki ona tiliga...
KunTun
KunTun