O‘zbekiston–Afg‘oniston–Pokiston orqali 1 million tonnadan ortiq yuk tashiladi

Date:

Termiz shahrida Belarus-Rossiya-Qozog‘iston-O‘zbekiston-Afg‘oniston-Pokiston multimodal transport koridorini rivojlantirish bo‘yicha ishchi guruhning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda davlatlarning transport vazirligi rahbarlari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda mazkur multimodal transport koridorini rivojlantirish yo‘li bilan Markaziy Osiyo va MDHga aʼzo davlatlarni O‘zbekiston orqali Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan bog‘lash va O‘zbekistonning tranzit salohiyatini yanada oshirish masalalari muhokama etildi.
Yakunda tomonlar o‘rtasida yo‘l xaritasi imzolandi. Mazkur yo‘l xaritasida yuk tashuvlarini rivojlantirish bo‘yicha aniq rejalarni amalga oshirish belgilangan. Xususan, yuk tahlillarini olib borish, tashuv jarayonida elektron raqamli hujjatlardan foydalanish, tashuv jarayonlarini soddalashtirish bilan O‘zbekiston-Afg‘oniston-Pokiston orqali tranzit yuk tashuvlarini oshirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, 2024-yilda mazkur koridor orqali O‘zbekiston 1 million tonnadan ortiq yuk tashishni rejalashtirgan.

Oldingi sahifaMuhimi ishtirokmi?
Keyingi sahifaRektor dars oʻtdi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun