Muhimi ishtirokmi?

Date:

Sport inson hayotining mazmuniga aylansagina, u muhim ahamiyat kasb etadi. Aks holda sportda muvaffaqiyat qozonish qiyin. Qolaversa, hayotda bo‘lgani kabi sportda ham muvaffaqiyat va mag‘lubiyatning orasi bir qadam bo‘ladi. G‘alaba motivatsiya berishi rost, ammo mag‘lubiyat ham saboq bo‘lishi, yanada qat’iyroq o‘z ustimizda ishlashimiz lozimligini anglatadi.
Gonkong shahrida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionati musobaqasi ham sportchilar uchun ham saboq, ham motivatsiyaga boy bo‘ldi. Muhimi ishtirok degan haqiqatga tayangan yoshlar o‘zlarini sinab, bor mahoratlarini ishga soldilar. Musobaqaning ayollar bahsida 70 kilogramm vazn tofasida ishtirok etgan jarqo‘rg‘onlik dzyudochi Shohista Nazarova 3-o‘rin bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Shohista sira bundan xafa bo‘lmadi, qaytamga yanada kuchliroq tayyorlanib, kelgusida g‘alaba uchun kurashishini ko‘ngliga tugib qo‘ydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi tartib joriy etilmoqda

O‘zbekistonda aholining ko‘p yillardan beri muammoga aylangan — o‘zboshimchalik...

Qumqo‘rg‘onda bayram shukuhi

Qumqo‘rg‘on tumanida Yangi yil bayrami oldidan tantanali tayyorgarlik ishlari...

615 nafar mahkum afv etildi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan...

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...
KunTun
KunTun