Malakasi oshirildi…

Date:

Qayerda tahsil olib, faoliyat yuritmaylik, har qanday guruh yoki bo‘limda, albatta, bitta bosh, ya’ni yo‘lboshchi tayinlanadi. Avvallari universitetlarda kuratorlar talabalarga bosh bo‘lgan bo‘lsa, ularni dars jarayonidan, ilmiy faoliyatdan uzmaslik, chalg‘itmaslik maqsadidami, tizimga biroz o‘zgartirish kiritildi. Kuratorlar o‘rniga pedagogik tajribaga ega mutaxassislar tyutor sifatida faoliyat yuritib, talabalarni boshqaradigan bo‘ldi.


Albatta, talabalar bilan ishlashning, ularning har biri bilan doimiy aloqada bo‘lib, yashash sharoiti-yu o‘qishi, davomadi bilan shug‘ullanishning o‘zi bo‘lmaydi. Bu jihatlar ham tajriba oshirishni, yoshlar psixologiyasini yaxshi bilishni talab etadi. Shu maqsadda ayni kunlarda Termiz davlat universitetida faoliyat yuritayotgan 51 nafar tyutorning malakasini oshirish maqsadida oʻquv kurslari olib borilmoqda.
Tashkil etilgan maxsus seminarlar malakali trenerlar tomonidan “Yangi Konstitutsiya va yoshlar siyosati”, “Yangi Oʻzbekistonda taʼlim sohasidagi islohotlar”, “Besh muhim tashabbus — yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish mexanizmi”, “Axborot xurujlari va mediamadaniyat” kabi mavzularda o‘tkazilmoqda. Har bir ma’ruza qiziqarli va tanlangan mavzular muhim. Shu jihatdan tyutorlar o‘zlari uchun kerakli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishayotir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun