“Kitobxona” tashkil etildi

Date:

Mutolaa shunday zavqli jarayonki, beixtiyor voqealar rivojiga qiziqib ketganingizdan, xayolot olamingizda qahramonlar, voqealar jonlana boshlaydi. Xuddi ajoyib film tomosha qilayotgandek bo‘lasiz. Qahramonlar bilan birglikda quvonasiz, sinovli damlarida qayg‘uga botib, ko‘z yoshlaringizni tiya olmaysiz. Kitobni o‘qib tugatsangiz-da, asar taassurotlari sizni ancha vaqtgacha tark etmaydi…
Ha, mutolaa ana shunday yoqimli mashg‘ulot. Biroz muddat qo‘lingizga kitob tushmasa, zerikadigan, mutolaani qumsaydigan bo‘lasiz. Kitob nafaqat zavq beradi, u muallimdek sizga qanday yashashni, turli vaziyatlarda qanday yo‘l tutishni o‘rgatadi. Ma’naviyatingizni, dunyoqarashingizni yuksaltiradi. Demak, har birimiz qay yoshda bo‘lmaylik, o‘qishni kanda qilmasligimiz kerak. Mutolaa biz uchun zarurat bo‘lmog‘i lozim.
Ayni jihatlarni hisobga olgan Sariosiyo tuman prokurori, 2-sektor rahbari B.Oltibayev yaxshi bir tashabbus bilan chiqdi. Prokuror sektor hovlisida aholini, xususan, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni ma’naviy salohiyatini va kitobga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida ma’naviyat kitobxonasi tashkil etdi.
Kutubxona fondiga yangi adabiy, badiiy va ilmiy kitoblar kiritildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun