Yana bir markaz o‘z faoliyatini boshladi

Date:

Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib, oilaning ahvoli tang holatga qolgan paytda yordam qo‘li cho‘zilsa, ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlansa, ana shu oila a’zolarining kayfiyatini, ko‘ngil kechinmalarini bir tasavvur qiling-a? Bundan ortiq yaxshilik bo‘lmasa kerak dunyoda. Yurtimizda, ayniqsa, ijtimoiy himoya masalasi birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Bu boradagi ishlar ham tizimli tashkil etilganki, hech bir fuqaro qo‘llab-quvvatlovdan, e’tibordan chetda emas.
Hududlarda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining faoliyati yo‘lga qo‘yilayotgani ham shu yo‘ldagi sa’y-harakatlarning davomi deyish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Sherobod tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi ham yangi va zamonaviy binoda o‘z faoliyatini boshladi. Ushbu bino-inshoot barcha qulayliklarga ega bo‘lib, xodimlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan.
Aytish kerakki, “Inson” markazi tomonidan aholiga 49 turdagi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda. Markaz xodimlari, shuningdek, mahallalardagi ijtimoiy xodimlar og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan yoki tushish xavfi yuqori bo‘lgan oilalar bilan individual ish tashkil etgan holda keys-menejment uslubi asosida ularning jamiyatga kirishini, ijtimoiylashuvini ta’minlamoqda. Bir so‘z bilan aytganda, ijtimoiy adolat o‘rnatilmoqda.

Oldingi sahifaQitʼada tengsiz
Keyingi sahifaIqtidorlar kashf etildi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun