G‘o‘za parvarishi tanqidiy muhokama qilindi

Date:

Hududlardagi har bir soha, tizim viloyat hokimining e’tibor markazida. Viloyat bo’ylab o’rganish ishlarini olib borayotgan viloyat rahbari Muzrabot tumanida bo’ldi. Tumanning “Sharif Darband” hududida joylashgan “Guliston oltin tola” fermer xo‘jaligining paxta dalasida g‘o‘za parvarishi ishlarining borishi yuzasidan viloyat ishchi guruhining o‘rganish natijalari muhokama qilindi.


Afsuski, dalalarda agrotexnik tadbirlar, xususan, kultivatsiyalash va yagonalash ishlarini amalga oshirishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan. Bunday e’tiborsizlik va mas’uliyatsiz hosilga ta’sir etishi hech gap emas. Bu esa yil davomida qilingan mehnat va sa’y-harakatlarni chippakka chiqaradi degani. Shu sababdan Tanqidiy ruhda o‘tgan muhokamada tuman sektor rahbarlari hamda soha mutasaddilariga kamchiliklarni bartaraf etish, dalalarda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Marafon birdamlikka chorladi

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi...

Qish betalafot oʻtadi

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida qish mavsumini betalafot o‘tkazish...

Halollik tamoyillari mustahkamlanadi

9-dekabr — Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Surxondaryo...

ID-pasportlar tantanali topshirildi

Konstitutsiya bayrami arafasida Sho‘rchi tumanida 16 yoshga to‘lgan yigit-qizlarga...
KunTun
KunTun