Ekologik muammolarning yechimi izlandi

Date:

Eng avvalo, muammolar yuzaga kelmasligi uchun harakat qilmasligimiz kerak. Yuzaga chiqdimi uni o‘z vaqtida bartaraf etmasak, attang deb qolishimizga to‘g‘ri keladi. Ekologiya sohasida ham xuddi shunday. Zarar berish oson, xatolarni tuzatish esa uzoq muddat talab etishi yoki imkonsiz bo‘lishi ham mumkin. Har birimizda ekologik madaniyatni shakllantirish, ekologik muammolar va ularning yechimlarini izlash maqsadida Surxondaryoda respublika ilmiy-texnik anjumani bo‘lib o‘tdi.
“Respublikamizda ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi muammolari va yechimlari” mavzusidagi anjumanda Samarqand viloyati va Toshkent shahridan tashrif buyurgan ekolog olimlar va professorlar, talaba-yoshlar ishtirok etdi. Unda viloyatimizda mavjud ekologik muammolarni ilmiy yechimlariga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, konferensiyada ishtirok etgan hamkor tashkilot va muassasa rahbarlari, kelgusida ekologik yo‘nalishdagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashini va hamkorlikka tayyorligini bildirdi. O‘ylaymizki, bu davrda ekologiyamizni ijobiy tomonga o‘zgartirish bo‘yicha yangicha yo‘nalishlar kirib keladi va katta-katta qadamlar tashlanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muhim masalalar muhokamada

Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i...

Yangi takliflar ilgari surildi

Surxondaryo viloyati hokimi topshirig‘iga muvofiq, Termiz davlat universiteti huzuridagi...

“Nonni bosgan qizaloq”

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi tomonidan Hans Christian...

Ishonchli g‘alaba!

Buxoro mezbonligida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Voleybol...
KunTun
KunTun