Ekologik normalarga rioya qilinmasa…

Date:

Ekologiyani asrash borasida bong urayotgan bir paytda ba’zi ishbilarmon tadbirkorlarimiz pul topaman deb unga zarar keltirayotgani ayanchli. Ho‘sh, o‘sha tadbirkor qancha daromad toparkin-u, ekologiyaga keltirgan zarari o‘rnini qanday qoplarkin? Surxondaryoda asfalt ishlab chqaradigan korxonasi ham ekologik normalarga rioya qilmagan havoga zararli gazlarni chiqayotgani ma’lum bo‘ldi.
Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan Denov tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasida o‘tkazilgan ekologik tekshiruvga ko‘ra, Denov Yo‘llardan foydalanish foydalanish korxonasi tasarrufidagi DS 117 2E markali asphalt-beton ishlab chiqarish uskunasi ta’mirtalab ahvolda ekanligi aniqlandi.
Hozirgi kunda ushbu korxonaning texnik nosozligi sababli O‘zbekiston Respublikasi “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”dagi Qonunning 4-24-moddalari talabi buzilgan ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 86-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, viloyat Ekologiya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli qarori bilan mazkur korxona kamchiliklarini bartaraf etish uchun 10 kun muddatda faoliyati to‘xtatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Marafon birdamlikka chorladi

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi...

Qish betalafot oʻtadi

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida qish mavsumini betalafot o‘tkazish...

Halollik tamoyillari mustahkamlanadi

9-dekabr — Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Surxondaryo...

ID-pasportlar tantanali topshirildi

Konstitutsiya bayrami arafasida Sho‘rchi tumanida 16 yoshga to‘lgan yigit-qizlarga...
KunTun
KunTun