30 yil muddatga 50 sotixdan…

Date:

Ertangi kunimiz egalari bo‘lgan yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, taklif va murojaatlarini tinglash, kasb-hunarga o‘qitish va bandligini taminlash, bir so‘z bilan aytganda, ularni ertangi kunga ishonch va vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri ekanligi sir emas albatta. 2024-yil — “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan viloyatimizda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda bandligini ta’minlash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.


Davlatimiz rahbarining joriy yil 5-aprel sanasidagi tegishli qaroriga asosan joylarda, yer olish istagida bo‘lgan yoshlar ro‘yxati shakillantirilib, ularga ekin yerlari ajratib berilmoqda. Termiz tumanining 2-sektor hududida joylashgan “Do‘stlik” mahallasida yoshlarga dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer maydonlarini ajratish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur o‘quv seminarda mutaxassislar tomonidan elektron e-auksion savdo platformasi hamda yer maydonlarini ijaraga olish borasida tushunchalar berib o‘tildi. Shuningdek, tadbir davomida 2-sektor hududidagi mahallalarda istiqomat qilib kelayotgan 30 nafar yoshlarga 30 yil muddatga, 50 sotixdan ijaraga yer maydonlari ajratilib, sertifikatlar topshirildi.

N.Musayeva

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun