Maxsus texnikalar topshirildi

Date:

Har qanday topshiriq va vazifa o‘z vaqtida amalga oshirilsagina tizimda muammo yuzaga kelmaydi. Ayniqsa, organ sohasida aniq va qat’iylik, mas’uliyat hissi bir necha baravar kuchli. Tizimda ana shunday faoliyat yuritishda, eng avvalo, ish qurolingiz soz, ulovingiz shay turishi kerak. Ana shunday maqsadlarni hisobga olgan Toshkent shahar IIB bosh boshqarmasi boshlig‘i general mayyor Aziz Tashpo‘latov yaxshi bir tashabbus bilan chiqdi.
Ayni tashabbusning ijrosi sabab Uzun tuman hokimi Xabibulla Bozorov boshchiligida tuman hududida xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlari va katta inspektorlarga 1 dona avtobus, 10 dona xizmat skuterlari hamda 2 dona patrul post maskani tantanali ravishda topshirildi.
Ushbu maxsus texnikalar kelajakda fuqarolar ko‘p to‘planadigan jamoat joylarida, mahallalardagi avtotransportlar harakatlanishi qiyin bo‘ladigan ko‘chalarda, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olishda, jamoat tartibini saqlashdagi ish unumdorligini oshirish uchun xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Issiqxona va chorvachilik — mahallada daromadni oshirish imkoniyati

Muzrabot tumanidagi Yurtim jamoli mahallasida fuqaro Zoir Hayitaliyev issiqxona...

O‘zbekiston kubogidagi yorqin natija

An’anaviy karate-do bo‘yicha O‘zbekiston kubogida Sariosiyo tumani “Kelajak” markazi...

Xurmo eksporti: sifat va tashqi bozor talablari muhim

Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov eksportga tayyorlanayotgan xurmo mahsulotlarini...

Denovda 150 ta ish o‘rni yaratiladi

Denov tumanida xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish, tadbirkorlik uchun yangi...
KunTun
KunTun