Dastur doirasida…

Date:

Ba’zida shunday holat bo‘ladiki, jamiyatda muammolar ko‘p, ammo hol so‘raydigan, darding nima deydigan odam yo‘qdek tuyiladi. Aslida esa tamoman aksi bo‘lib chiqadi. Shunchaki sabr-toqat qilishga ojizlik qilamiz. Sababi amalga oshirilayotgan islohotlarda inson qadrini ulug‘lash, ularning muammo va kamchiligini to‘ldirib, turmushini farovonlashtirish maqsadi mujassam.
Yurtimizda “Obod xonadon-obod ko‘cha-obod mahalla” dasturi doirasida tizimli ishlar olib borilmoqdaki, bu yuqoridagi fikrlarimizning isboti bo‘lib xizmat qiladi. Ayni dastur doirasida o‘rganish ishlari Jarqo‘rg‘on tumanida ham olib borildi. Tuman elektr ta’minoti xodimlari tomonidan hududda elektr energiyasini quvvati pastligi sabab tez-tez uzilishlar bo‘layotganligi aniqlanadi va muammoni bartaraf etish maqsadida 110/10 kVli “Ipakchi” podstansiyasidan chiquvchi 1-fider 462-sonli quvvati 100 kVA bo‘lgan transformator punkti o‘rniga quvvati 250 kVA bo‘lgan transformator punktini almashtirish ishlari amalga oshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun