Malakasi oshirilmoqda

Date:

Ekologiya inspektorligi mas’uliyatli ish. Sohada faoliyat yuritayotgan borki, o‘zini tabiatning, umuman tiriklikning himoyachisidek his etadi. Aslida ham shunday. Qayerda hayvon ovlanyapti, qayerdadir dorivor o‘simliklarning kushandalari o‘g‘rilik payida. Ana shunday paytda ekologiya inspektori ishga kirishadi. Flora va faunani asrab qolishga urinadi. Shu jihatdan soha vakillarining malaka oshirishlari muhim va zarurat.
Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2023-yil 31-maydagi 81-son Farmoni, shuningdek, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida jamoatchilik nazoratini tashkil etish, fuqoralarning bu boradagi faolligini oshirish hamda ularni rag‘batlantirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 101-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya vazirligining tegishli buyrug‘iga asosan 72 soatlik o‘quv re’ja va dastur asosida o‘quv darslari boshlandi.
O‘quv darslari oflayn va onlayn shaklda tashkil etildi. Malaka oshirish kurslari boshqarmaning malakali va tajribali xodimlari tomonidan o‘tkazilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun