Ko‘kalamzorlashtirish davom etmoqda

Date:

“Yashil makon” umummilliy loyihasi nafaqat har birimizni ezgu ishlarga, o‘zimiz yashayotgan olamni yashil hududga aylantirishga imkoniyat yaratapti, balki bu sa’y-harakatlarimiz yoshlarga ham munosib o‘rnak bo‘lyaptiki, ular ham bunyodkorlik, vatanparvarlik, ezgulik tuyg‘ulari bilan ulg‘ayayotir.
Sherobod tumani prokurori B.Yunusov tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tumandagi 72-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududida “Prokuror bog‘i” tashkil etilgani ayni yo‘ldagi ishlarning davomi bo‘ldi. Ushbu bog‘da ko‘pning xizmati bilan turli mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Ha aytgancha, hududlarni yashil maskanlarga aylantirish bo‘yicha mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari hamda butalarini ekish ishlarida barcha mahallalarda qizg‘in davom etmoqda. Ushbu nihollar kun kelib, tuman ko‘rkiga ko‘rk, husn va yashillik qo‘shishdan tashqari hudud havosi musaffoligini oshirishda, aholi salomatligini ta’minlashda muhim o‘rin tutishi, shubhasiz.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun