An’anaga aylangan festival

Date:

Atlas-u adras, surxoncha kashta solingan matolarimizdan tikilgan milliy liboslarimizni egniga yarashtirib kiygan qiz-u juvonlarni ko‘rsak, bahri dilimiz ko‘tariladi, qalbimizni bahoriy, bayram kayfiyati chulg‘ab oladi. Sababi bayram va sayllarda milliylikka qaytamiz-da. So‘nggi yillarda esa milliy liboslarimizda xaqlimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analarini, shuningdek, milliy qadriyatlarimizni namoyon etuvchi “Xon atlas” festivalini o‘tkazish an’anaga aylandi.
Festival bahona milliylikka qaytgan qizlarimiz zora atlas ko‘ylaklarda yurishga odatlanishsa… Ushbu an’anaga muvofiq tarzda Termiz shahridagi Prezident maktabida ham “Xon atlas” haftaligi o‘tkazildi. Festival haftaligida o‘quvchi-qizlarimiz atlas, adras kabi milliy liboslarda xalqimizning ko‘hna tarixini aks ettirgan bo‘lsa, yigitlarimiz ham o‘zbek milliy do‘ppilari va kiyimlarida xalqimizning moddiy va ma’naviy boyliklarini namoyon etishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun