Surxondaryolik yosh innovatorlar “aqlli hassa” yaratishdi

Date:

Ba’zi ixtirolarni ko‘rib, kuzatib turib, tinib-tinchimagan odamlar nimalarga qodir-a deymiz beixtiyor. Albatta, bunday ixtirolar insoniyat og‘rini yengil, mushkulini oson qilishga, qulayliklar yaratishga ximat qilishi bilan ahamiyatli. Surxondaryolik aka-uka Mashhurbek va Abdumalik Qarshiyevlar hamda ularning singlisi Muharram oddiy hassani innovatsion “aqlli hassa”ga aylantiradigan noyob qurilma yaratdilar.
Aytish kerakki, “Aqlli hassa” texnologiyasi ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan odamlarning mustaqil harakat qilish imkoniyatini oshirishga, ularning jamiyatda faol bo‘lishlariga qaratilgan. U ovozli yordamchi, akselerometr va kompas hamda doimiy yangilanib turadigan funksiyalarni o‘z ichiga oladi.
UNICEF tomonidan UPShIFT dasturi asosida amalga oshirilayotgan ushbu dastur O‘zbekiston yoshlari uchun tadbirkorlikda yangi yechimlarni taklif qiladi. Shuningdek, bu orqali jamiyatdagi muammolarni aniqlab, ularning yechimini topish uchun ajoyib imkoniyat hamdir. Termizlik iqtidorli yoshlar ham ushbu dastur doirasida o‘z jamoalarini tuzib, yangi innovatsiyalar ustida bosh qotirishmoqda. Ha aytgancha, dastur Surxondaryo viloyati hokimligi, Yevropa Ittifoqi va “Istiqbol avlod” respublika ijtimoiy-axborot markazi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun