“Yoshlar ovozi – 2024”: iste’dodlar saralandi

Date:

Ovozi, qo‘shiqchilikda iste’dodi bor insonni to‘xtatib bo‘lmaydi. U kuylashdan, atrofdagilardan zavq ulashishdan charchamaydi. Bilaks, ularni to‘xtatmaslik, yanada ruhlantirib, o‘z iqtidor qirralarini yanada sayqallashi uchun munosib motivatsiya bermog‘imiz lozim. Boysun tumanida tashkil etilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Yoshlar ovozi – 2024” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi ham iqtidor egalarini ruhlantira oldi.


Unda mahalla, sektor bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 52 nafar yoshlar ishtirok etdi. Tanlov 3 yosh toifasida, to‘rtta yo‘nalish – opera, baxshichilik, an’anaviy ijro hamda estrada yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lib o‘tdi. Mardi maydon bo‘lgan ishtirokchilarning san’atini tomosha qilishga kelganlar ham o‘tgan vaqtidan sira achinishmadi. Opera kuylayotgan yoshlarning ovoz imkoniyatlari sinovdan o‘tgan tanlovda yosh baxshilar ham bo‘sh kelishmadi. Aytimlari bilan tomoshabinlarni lol qoldirishdi. Shuningdek, an’anaviy va estrada yo‘nalishidagi ijro ham barchaga manzur bo‘ldi.
Tanlov g‘oliblari diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanib, 1-o‘rin g‘oliblariga viloyat bosqichiga ishtirok etish uchun yo‘llanmalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Magistrantlarimiz Jiangsuda

Termiz davlat universitetining xalqaro hamkorlik aloqalari izchil kengayib, talabalar...

Muammolar yechimi muhokamada

Mamlakatimizda yoshlar bilan muloqotni kuchaytirish, ularning muammo va takliflarini...

Voleybolchi qizlardan faxrli natija

Qoraqalpog‘iston Respublikasida voleybol bo‘yicha U-17 qizlar o‘rtasida Respublika chempionati...

Yoshlar ishli bo‘ldi

Prezident tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni”...
KunTun
KunTun