Sog‘lom hayot uchun…

Date:

Sog‘lom turmush tarziga amal qilasizmi? Ovqatlanish ratsioningiz qanday, jismoniy harakatlar qilib turasizmi? Albatta, ertadan boshlayman deganlar bo‘lishi tabiiy, ammo bugundan harakatni boshlaganlarning natijaga erishishi yuqori. Ertachining esa ertasi tugamaydi.
Sog‘lom bo‘lish, ortiqcha vazndan aziyat chekmaslik uchun ham birinchi navbatda nima yeb, nima ichayotganimizni nazorat qilishimiz va sportni kanda qilmasligimiz kerak. To‘g‘ri, hamma ham sport bilan shug‘ullana olmas, ammo piyoda yurish imkoni bor. Manzilingizga yetish uchun sarflayotgan mablag‘ingiz ham cho‘ntagingizga qoladi. Ham organizmingizda qon yurishib, ortiqcha kaloriyalardan xalos bo‘lasiz.
Angor tumanida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” aksiyasi o‘tkazildi. Unda tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari ishtirok etdi. Aksiya ishtirokchilari besh ming qadamni bosib o‘tib, tuman markaziy o‘yingohida badantarbiya mashg‘ulotlari bilan ham shug‘ullandilar. Bunday aksiyalar qamrovi oshib, piyoda yurishni odatga aylantirar ekanmiz, tashqi ko‘rinishimiz haqida tashvishlanmasak ham bo‘laveradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun