Milliy liboslar ko‘rgazmasi orqali

Date:

Milliy liboslarni faqat to‘y-u hashamlarda, bayram-u sayllarda kiyishga odatlanganmiz. Aynan shunday sanalarda milliylikka qaytamiz. Angor tumanida “Hunarmandlar” uyushmasi hamda tuman hokimligi hamkorligida o‘tkazilgan milliy liboslar ko‘rgazmasida ipak mahsulotlaridan tayyorlangan milliy liboslar namoyishi milliy liboslarimizga har doim murojaat qilishning eng yaxshi targ‘iboti bo‘ldi.


Qolaversa, ushbu ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining ijrosi bo‘ldi. Bu bilan yoshlar ipak mahsulotlarini tayyorlash, tikish-bichish kasbiga qiziqish uyg‘otish va bu bilan o‘z yo‘llarini tanlash maqsad qilindi.
Tadbir davomida kamalakrang xonatlas, ko‘rkam adras, nafis shoyi kabi milliy matolarimizdan tikilgan betakror go‘zal liboslar tomoshabinlar diqqat e’tiborini tortdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun