Migratsiyasidan qaytganlarni ishga olganga subsidiya to‘lanadi

Date:

Davlatimiz rahbarining joriy yil 2-apreldagi farmoniga binoan, O‘zbekiston fuqarolarining tashqi mehnat bozoriga kirishini soddalashtirish masalalari va mehnat migratsiyasidan o‘z vataniga qaytgan migrantlarning bandligini ta’minlash, qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari ko‘rildi. Ya’ni, kasbiy malakasi yo‘q va tilni bilmaydigan fuqarolarni kasbga o‘qitish va profta’lim muassasalarida maqsadli tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi huzurida fuqarolarni xorijiy tillarga o‘rgatish va ishlashga maqsadli tayyorlash markazi ochiladi.
Mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir ishga olingan xodim uchun 12 oy davomida oyiga 500 ming so‘mdan subsidiya to‘lanadi (bundan byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar mustasno). Bunda subsidiya 2024-yil 1-iyundan 2026-yil 1-yanvarga qadar ishga qabul qilingan shaxslarga nisbatan to‘lanadi. Qolaversa, mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxs bilan tuzilgan va Yagona milliy mehnat tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilgan mehnat shartnomasi subsidiya to‘lash uchun asos bo‘lib hisoblanadi.

D.Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Magistrantlarimiz Jiangsuda

Termiz davlat universitetining xalqaro hamkorlik aloqalari izchil kengayib, talabalar...

Muammolar yechimi muhokamada

Mamlakatimizda yoshlar bilan muloqotni kuchaytirish, ularning muammo va takliflarini...

Voleybolchi qizlardan faxrli natija

Qoraqalpog‘iston Respublikasida voleybol bo‘yicha U-17 qizlar o‘rtasida Respublika chempionati...

Yoshlar ishli bo‘ldi

Prezident tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni”...
KunTun
KunTun