Yana bir boshlang‘ich tashkilot ish boshladi

Date:

Bugun yoshlar ittifoqi yetakchilarining faoliyati yoshlar hayotida tub burilish yasayapti. Bo‘sh vaqtlar mazmunli o‘tkazilib, o‘g‘il-qizlar sport, san’at, ijod bilan mashg‘ul. Qolaversa, munosib ish topgan, tadbirkorlik faoliyatini boshlagan yoki o‘z-o‘zini band qilgan ham ayni yoshlar yetakchisining xizmati va tashabbusi bilan bo‘lmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, yoshlar yetakchisi kirib bormagan xonadon, u o‘rganmagan yosh bo‘lmasa kerak.


Yoshlar yashaydigan, tahsil oladigan nuqtada yoshlar yetakchisi hozir-u nozir. Shu sababdan ham O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashi raisi “Sherobod sement zavodi”da faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan uchrashdi. Yoshlarning oru-intilishlari, qiziqish va maqsadlari bilan qiziqdi. Uchrashuv samimiy ruhda kechdi.
Asosan yoshlar faoliyat yuritayotgan zavodda ular bilan ishlaydigan yetakchiga ehtiyoj borligi turgan gap. Shu sababdan uchrashuv so‘ngida “Sherobod sement zavodi”da O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotiga yoshlar yetakchisi saylandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bog‘cha ishga tushdi

Sho‘rchi tumanining “Baxshtepa” mahallasida 90 o‘rinli 50-sonli yangi bog‘cha...

Piyoz yig‘imi boshlandi

Qumqo‘rg‘on tumanining "Yangi qishloq" mahallasida mahalliy dehqonlar piyoz hosilini...

Diyorbek AQShda o‘qiydi

Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Diyorbek O‘ralov Amerika Qo‘shma...

940 gektar maydonda…

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifida vohaning quyoshli iqlimidan...
KunTun
KunTun