Qo‘chqor Norqobil “Yil yozuvchisi” bo‘ldi

Date:

Qo‘chqor Norqobil serqirra ijodkor. Adib asarlaridagi qahramonlar hayotdan olingani uchun ham ko‘ngilga yaqin, e’tibor-u e’tirofga sazovor. Dramaturg qalamiga mansub “Toglardek baland bo‘l!”, “Zamindan olis ketma”, “Taqdir sinovlari”, “Dildagi dog‘”, “Ayyorgina ayollar” deb ataluvchi pyesalari allaqachon teatr sahnasida o‘z muxlislarini topib ulgurgan.
Hozirgi kun dramaturgiyasida Qo‘chqor Norqobil kabi ayollar haqida asarni mo‘l-ko‘l yozgan ijodkor kam, asosiy bosh qahramoni ayol bo‘lgan pyesalar ham. Rus adabiyoti Chexovni “ayollar bilimdoni” deb nomlagan bo‘lsa, biz Qo‘chqor Norqobilni o‘zbekning Chexovi desak adashmagan bo‘lamiz. U zamonaviy adabiyotda nafaqat dramaturgiyasi bilan, balki teran poeziya va poetikasi bilan o‘z dastxatini qoldirayotgan serqirra ijodkordir.
Tinib-tinchimas adib Qo‘chqor Norqobil o‘tgan yilda Rossiyaning qator nashrlari, jumladan, “Российский колокол” jurnalida eʼlon qilingan hikoyalari uchun mazkur nashr va “Литературной газеты” tavsiyasiga binoan “Yil yozuvchisi” adabiy tanlovida g‘oliblar safidan joy oldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bog‘cha ishga tushdi

Sho‘rchi tumanining “Baxshtepa” mahallasida 90 o‘rinli 50-sonli yangi bog‘cha...

Piyoz yig‘imi boshlandi

Qumqo‘rg‘on tumanining "Yangi qishloq" mahallasida mahalliy dehqonlar piyoz hosilini...

Diyorbek AQShda o‘qiydi

Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Diyorbek O‘ralov Amerika Qo‘shma...

940 gektar maydonda…

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifida vohaning quyoshli iqlimidan...
KunTun
KunTun