Iqtidorlilarga oydin yo‘l

Date:

Kasb-hunar sirlarini o‘rganmoqlik yoshlarning qiziqishlariga munosib qo‘llov bo‘lsa, o‘zlarini band qilishlari uchun eng yaxshi choradir. Bekorchilikdan, hech bir ish qilmaslikdan bir hunar o‘rganish afzaldir. Sho‘rchi tumanidagi 3-kasb hunar maktabida o‘quvchilarni o‘zlari qiziqqan kasb-hunar sir-asrorlarini mukammal o‘zlashtirishlari uchun barcha zaruriy sharoitlar yaratilgan.
O‘quvchi-yoshlar iqtidor va qiziqishlariga qarab, to‘garak mashg‘ulotlariga yozilib, faol ishtirok etishlari mumkin. Maktab ta’limidan so‘ng, yoshlarni o‘z bag‘riga chorlab, munosib tanlov qilishlari va natijada ushbu kasb-hunar maktabida hunar o‘rganishlari mumkin.
Ho‘sh, ushbu maskanda qanday kasb-hunar o‘rgatilar ekan? Tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” bahonasida maktab bitiruvchilari ayni savollariga javob olishlari mumkin bo‘ldi. Tadbirda o‘quvchilar yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi tartib joriy etilmoqda

O‘zbekistonda aholining ko‘p yillardan beri muammoga aylangan — o‘zboshimchalik...

Qumqo‘rg‘onda bayram shukuhi

Qumqo‘rg‘on tumanida Yangi yil bayrami oldidan tantanali tayyorgarlik ishlari...

615 nafar mahkum afv etildi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan...

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...
KunTun
KunTun