Tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanadi

Date:

Har qanday tadbirkorlik faoliyatini boshlash, kengaytirish uchun masalasi moliyaviy tomonga borib taqaladi. Mablag‘ bilan g‘oya va loyihalar amalga oshiriladi, hududda ishbilarmonlik muhiti shakllanadi, ishlab chiqarish va xizmat turlari taklif etiladi. Ana shunday paytda fuqaro yoki tadbirkor tijorat banklariga murojaat qiladi. Har doim ham rejalarimiz biz kutgandek bo‘lavermaydi. Biznes esa tezkorlikni, uddaburonlikni talab etadi. Tadbirkor uchun vaqt — bu pul degani.
Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, kerakli ta’minotni ajratilishida amaliy yordam berish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Kichik biznesga ko‘maklashish markazida Markaziy bank va tijorat banklari hamda mutasaddilar bilan Termiz shahrida yangi tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish masalasini muhokama qildi. Istiqbolli loyihalarni amalga oshirish orqali yangi, daromadli ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.


Shundan so‘ng, viloyat rahbari “Vatanparvarlar” bog‘ida tashkil etilgan kutubxona faoliyati bilan tanishdi hamda shu yerning o‘zida mahalla “yettiligi”ning amalga oshirgan ishlari va kelgusidagi rejalari yuzasidan axborotini tingladi. Shuningdek, shahar hududi bo‘ylab obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari hamda daraxt va gul ko‘chatlari ekish tadbirlari bilan ham tanishildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun

Toshkent shahrida 7 davlat sportchilari ishtirokida o‘tgan Osiyo xalqaro...

Sudga yangi rais tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3-martdagi farmoniga muvofiq, Tolib Bayzakov Surxondaryo...

“2+6” dasturi: sertifikatlar topshirildi

Surxondaryo viloyatida yoshlarni xorijiy tillarni o‘rganishga keng jalb etish...

Yangi xorijiy korxona ish boshlaydi

Bandixon tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga qaratilgan...
KunTun
KunTun