Mehnat-u zahmati rag‘bat topdi

Date:

O‘quvchilarning har qanday muvaffaqiyati ortida o‘qituvchining mehnat-u mashaqqati, zahmatlari yotadi. Bunda o‘quvchining iqtidori, layoqati va qiziqishlari hisobga olinadi. Ayni jihatlarni payqay bilish esa ustoz va murabbiylarning salohiyatiga bog‘liq, albatta. Qilingan mehnat, sa’y-harakatlar esa besamar ketmaydi. Yoshlarning muvaffaqiyati bilan esa mehnat o‘z mevasini ko‘rsatgandek bo‘ladi. Ustoz uchun esa bundan ortiq xursandchilik, mukofot yo‘q.
Uzun tuman prokurori B.Boymurovning tashabbusi bilan 21 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida xalqaro va respublika fan olimpiadalari g‘olib va sovrindorlari bo‘lgan yoshlarning ustoz-murabbiylari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berib kelayotgan, ish faoliyati davomida namuna ko‘rsatib, yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan 10 nafar fidoyi o‘qituvchi e’tirof etildi. Ularning kelgusi faoliyatlari davomida vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shadigan shijoatli, bilimli va fidoyi yoshlarimizni tarbiyalash borasida o‘zlarining bor bilim, tajriba, mahorat va kuchlarini ayamasliklari tilanib, 2-sektor rahbari tomonidan tashakkurnomalar topshirilib, sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun