Kitobxon ona — kitobxon bola

Date:

Qush uyasida ko‘rganini qiladi, deya bejiz aytishmagan. Oila muhitining farzand tarbiyasidagi o‘rni va roli katta. Ona yoki ota nima bilan band bo‘lsa, bola ham ayni ulardek bo‘lishga intiladi. Shunday ekan, kattalar munosib ibrat bo‘lishga intilishlari lozim.
Termiz muhandislik-texnologiya institutida kitobxonlik madaniyatini oshirish, xotin-qizlar orasida kitob mutolaasi va kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Mutolaa oiladan boshlanadi” shiori ostida “Kitobxon ona — kitobxon bola” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda kitob — bilim manbai, xazinalar kaliti, insonni kamolotga eltuvchi yo‘l ekanligi, oilada kitobning o‘rni haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, institutda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchi-onalar farzandlari bilan ishtirok etib, ularni institutdagi kitob fondi bilan tanishtirdilar va ARM ga a’zo qildilar.
Tadbir yakunida yosh kitobxonlarga kitoblar sovg‘a qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun