Yo‘l qoidasi — umr foydasi

Date:

Yo‘l qoidalari yoshlikdan o‘rgatilar ekan, har birimiz risoladagidek yo‘lovchi, haydovchiga aylanamiz. Qoidabuzarliklar, yo‘l transport hodisalari yuzaga kelmaydi. Ayni maqsadda yoshlarga maktab ta’limidayoq yo‘l qoidalari darsi joroiy etilgan. Ho‘sh, o‘quvchilar yo‘l qoidalarini nechog‘lik biladi?
Ushbu savolga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-apreldagi “Ta’lim muassasalarida yo‘l harakati targ‘ibotini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 212-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Sherobod tumani 14-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan “Yashil chiroq” respublika ko‘rik-tanlovining hududiy saralash bosqichi orqali javob topish mumkin bo‘ldi.
Umumta’lim maktablarining 11-14 yoshli o‘quvchilaridan tashkil topgan jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqa qiziqarli va murosasiz bellashuvlarga boy bo‘ldi. Tomoshabin yoshlar o‘zlari uchun yangidan-yangi bilimlarni bilib oldilar. Yakunda faxrli 1-o‘rinni tumandagi 67-sonli umumta’lim maktabining “Yosh targ‘ibotchilar” jamoasi egallab, tanlovning keying bosqichiga qatnashish yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun