Muzey tataristonliklarga manzur bo‘ldi

Date:

Bugun Surxondaryo viloyatida bo‘lib turgan Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov boshchiligidagi delegatsiya vohamizdagi tarixiy va diqqatga sazovor joylarga tashrifi ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, ayni vaqtda delegatsiya Termiz shahrida joylashgan Arxeologiya muzeyiga tashrif buyurdi.


O‘lkamizning qadimiy va boy tarixini o‘zida mujassam etgan ushbu muzey delegatsiya a’zolarida katta qiziqish uyg‘otdi.


Ma’lumot o‘rnida: Termiz arxeologiya muzeyida Surxondaryo viloyatida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida topilgan topilmalar saqlanadi. Ushbu muzey O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 12-yanvardagi “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni,

Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-martdagi “Muzeylar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari to‘g‘risida”gi hamda 1999-yil 27-dekabrdagi “Termiz shahrining 2500 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorlari asosida tashkil etilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Instagramda yangi cheklov

Instagram 18 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar uchun “13+” maxsus cheklov...

Yer oila aʼzolari nomiga oʻtkaziladi

O‘zbekiston qonunchiligi yangi qadam tashlab, fermerlarga ijara asosidagi qishloq...

Kredit oqibati ogohlantiriladi

So‘nggi yillarda mamlakatda mikroqarz va iste’mol kreditlari bozori faollashmoqda....

Savodi sinovdan oʻtdi

Diktant yozish nafaqat yozuv madaniyatini rivojlantiradi, balki ona tiliga...
KunTun
KunTun