“Ibratli oila kelinlari”

Date:

Kelin o‘zining tutishi, tazove’ligi bilan qanday tarbiya topganini ko‘rsatadi. To‘g‘ri, hayotimiz davomida har xil kelinlar haqida eshitamiz. Kimdir maqtovga, tasannoga sazovor bo‘lsa, ba’zi kelinlarni ko‘rib, yoqa ushlashimiz ham bor gap. Albatta, har kim o‘z hislat-u illatiga yarasha mukofot olishini ham unutmasligimiz kerak.
Ayni jihatlarni inobatga olgan holda 2022-2026 yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dasturi ishlab chiqilgan. Ushbu dasturdan kelib chiqib, Bandixon tumani “Obikor” mahallasida tuman IIB hamda tuman prokuraturasi bilan hamkorlikda “Ibratli oila kelinlari” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.


Tadbir davomida mahalla kelinlari 5 ta shart asosida bahs olib bordilar va o‘zlarining mahorat va salohiyatlarini namoyon qildilar. Kelinlarning oila tutumi, farzand tarbiyasidagi o‘rni, o‘zlarini tutish odobini ko‘rsata oldilar. Tadbir yakunida g‘oliblar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...

Pillachilik – daromad va bandlik manbayi

Muzrabot tumanida 2026-yil pilla hosili uchun ipak qurti tarqatish...
KunTun
KunTun