TerDU talabalari Buxoroda

Date:

Ta’til ta’tilday bo‘lishi uchun Termiz davlat universitetining bir guruh talabalari azim Buxoro viloyatiga tashrif buyurdilar. Yo‘l taassurotlaridan olam-olam zavq olgan yigit-qizlar manzilga yetgach, Bahouddin Naqshband, Buxoro arki, Labihovuz, Minorai kalon va yana bir qator tarixiy qadamjolarda bo‘lishdi.
Buxoro tarixi, madaniyati, urf-odatlari bilan yaqindan tanishdilar. Ayniqsa, sayohatchi yoshlar muqaddas qadamjolar haqidagi qimmatli ma’lumotlarga ham ega bo‘ldilar. Jannatmakon yurtimizning turli go‘shalari bilan tanishish, sayr-u sayohat qilish imkoni borligi aholiga katta qulayliklar yaratib berayotir. Turizm sohasi sayyohlarga biro lam taassurot hadya etish bilan birga tarix bilan yuzlashishga, madaniyatimiz, qadriyatlarimiz bilan tanishishga, san’atga oshno bo‘lishga, o‘z oldimizga aniq maqsadlar qo‘yishimizga ham turtki bo‘layotir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

O‘zbekiston kubogidagi yorqin natija

An’anaviy karate-do bo‘yicha O‘zbekiston kubogida Sariosiyo tumani “Kelajak” markazi...

Xurmo eksporti: sifat va tashqi bozor talablari muhim

Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov eksportga tayyorlanayotgan xurmo mahsulotlarini...

Denovda 150 ta ish o‘rni yaratiladi

Denov tumanida xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish, tadbirkorlik uchun yangi...

Ona tiliga ehtirom — milliy o‘zlik ifodasi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashi hamda Termiz davlat...
KunTun
KunTun